15—16-iyun kunlari Toshkentda G3 toifali va 4 ball quvvatga ega magnit bo`ronlari kutilmoqda.
Ma`lum qilinishicha, G3 darajasi ko`pchilik uchun xavfli emas. Magnit bo`ronlari xavfining yuqori darajasi nafaqat inson salomatligi va kundalik faoliyatiga, balki aloqa va energiya tizimlariga ham sezilarli ta`sir ko`rsatadi.
G3 toifali magnit bo`ronlari paytida ba`zilar boshning orqa qismida engil og`riqni boshdan kechirishadi. Bu vaqtda bunday odamlarga kamroq sport bilan shug`ullanish va uyda ko`proq qolish tavsiya etiladi.
Dietaga qat`iy rioya qilish kerak. Rasiondan achchiq, sho`r va yog`li ovqatlarni chiqarib tashlash lozim. Qora va qahva o`rniga yashil choy tavsiya etiladi. Meva va sabzavotlarni iste`mol qilish mumkin, bananlarni esa tez-tez iste`mol qilish tavsiya etiladi.






