AsosiyDunyo

Xitoyda tug`ilgan to`rt egizakka G`arb, Sharq, Shimol, Janub deb ism qo`yildi

Xitoyning Jichjao shahrida tug`ilgan to`rt egizak bolaga  Syaodun (Sharq), Syaonan (Janub), Syaosi (G`arb) va Syaobey (Shimol) deb ism qo`yildi, deya xabar berdi “Gazeta.ru” nashri. 

Egizaklarning onasi 27 yoshli Li Szyuan o`qituvchi . U turmush qurganiga bir necha yil bo`lishiga qaramay, farzand ko`rmagan. Vrachlarning tavsiyasiga ko`ra, dori-darmonlarni qabul qilgach, 2015 yilning noyabr oyida homilador bo`lgan.

Homila to`qqiz haftalik bo`lganda er-xotin uning to`rt egizak ekanligini bilgan. Ikki o`g`il va ikki qiz homiladorlikning 33-haftasida , 4 iyul kuni kesarcha kesish orqali dunyoga kelgan. 

Ular chala tug`ilgan, egizaklarning eng kichigi 1,75 kilogrammdir. Egizaklar bir oyga yaqin alohida intensiv terapiya palatasida saqlanadi. Chaqaloqlarning buvi va buvasi bittadan bolaga qarash vazifasini bo`yniga oldi.

Boshqa yangiliklar