Xalq deputatlari Andijon shahri kengashining navbatdan tashqari sessiyasida shahar hokimi etib Abdurahmonov G`ofur Abdurahmonov tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Xalq deputatlari Andijon shahar kengashining navbatdagi sessiyasida 2022 yil boshidan ATB «Qishloq qurilish bank» boshqaruv raisi maslahatchisi sifatida ishlab kelgan G`ofur Abdurahmonov shaharning yangi hokimi sifatida tanishtirilgan.
Ma`lumot uchun:
U 1976 yilda Andijon shahrida tug`ilgan. 1998 yilda Andijon muhandislik iqtisodiyot instituti tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1994 yili Markaziy bank Andijon viloyati Bosh boshqarmasi ekspeditori, 2-toifali hisobchisi, 1-toifali hisobchisi, etakchi eksperti vazifasidan boshlagan.
1997-2022 yillarda Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki Andijon viloyati bo`limi 1-toifali mutaxassisi, etakchi mutaxassisi, Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki Andijon viloyati bo`limi Poytug` filiali boshqaruvchisi o`rinbosari, Paxtaobod tuman filiali boshqaruvchisi, viloyat bo`limi boshqaruvchisining o`rinbosari, so`ng viloyat bo`limi boshqaruvchisi, Markaziy bank Andijon viloyati Bosh boshqarmasi boshlig`i, ATB «Qishloq qurilish bank» Boshqaruv raisining o`rinbosari vazifalarida faoliyat yuritgan.
Tayinlovga qadar G`ofur Abdurahmonov ATB «Qishloq qurilish bank» Boshqaruv raisining maslahatchisi vazifasida faoliyat yuritgan.






