AsosiyJamiyat

Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi raisi boshchiligidagi O`zbekiston delegasiyasining AQShga boradi

'Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi raisi boshchiligidagi O`zbekiston delegasiyasining AQShga boradi'ning rasmi

Joriy yilning 15-17 iyun kunlari Oliy Majlis Senati Raisi – Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi raisi Tanzila Narbaeva boshchiligidagi O`zbekiston delegasiyasi amaliy tashrif bilan Amerika Qo`shma Shtatlarida bo`ladi. Bu haqda Oliy Majlisi Senatining
Axborot xizmati xabar bermoqda.

AQSh Kongressi, shuningdek, to`qimachilik uyushmalari va ishbilarmon doiralari vakillari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar doirasida to`qimachilik sohasidagi davlat va fuqarolik jamiyati institutlarining o`zaro hamkorligining bugungi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashiladi.

AQSh ishbilarmon doiralari uchun O`zbekiston to`qimachilik industriyasining savdo-investisiyaviy salohiyati taqdimoti o`tkazilishi ham nazarda tutilgan.

    Boshqa yangiliklar