1

Qashqadaryoda to`y erkaklar pichoqbozligi bilan tugadi

Jinoyat 14.06.2022, 22:16
Qashqadaryoda to`y erkaklar pichoqbozligi bilan tugadi

Kuni kecha, 12 iyun kuni Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahridagi to`yxona oldida katta janjal yuz bergan. Tantana bilan boshlangan kun ming afsuski pichoqbozlik bilan yakun topgan.

Viloyat IIB xabariga ko`ra, o`sha kuni soat 21:30 larda Shahrisabz shahri, “Qushxona” MFYda joylashgan  “Billur” to`yxonasi oldida S.J. hamshahri N.Q. va yana bir fuqaro bilan janjallashib qolgan. Bu vaqt davomida N.Q. fuqaro S.J.ning o`ng bilak sohasi va o`ng oyoq boldir sohasiga pichoq bilan tan jarohati etkazgan. Natijada S.J. tan jarohati olib, Shahrisabz shahar Tibbiyot birlashmasi shifoxonasiga tushgani aytiladi.

IIB xabariga ko`ra, hozirda mazkur holat yuzasidan Shahrisabz shahar IIB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1