Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari 43 daqiqa ichida bu ikki yong`inni o`chirishga muvaffaq bo`lishdi.
Jumladan, bugun soat 13:07 larda "101" qisqa raqami orqali Pastdarg`om tumani "Olti Qahramon" MFYda traktor tirkamasiga yuklangan somonlarda yong`in sodir bo`lganligi to`g`risida ma`lumot kelib tushgan. Darhol voqea joyiga 1 ta yong`in-qutqaruv ekipaji yuborilgan. Ma`lum bo`lishicha, ular hodisa joyiga soat 3 daqiqada etib borishgan. Yong`in natijasida 100 ga yaqin somon toylari yonib zararlangani aytiladi.
Shuningdek, soat 13:11 da Kattaqo`rg`on tumani "Navbahorʼʼ MFYda traktorni 2 ta tirkamasiga yuklangan somonda ham yong`in chiqqan. Zudlik bilan 2 ta yong`in-qutqaruv ekipaji hodisa yuz bergan nuqtaga etib borgan. Biroq olov natijasida taxminan 400 kg atrofida somon yonib ulgurgan.
Ma`lumot uchun, har ikki hodisadan ham jabrlanganlar yo`q.






