AsosiyJamiyat

Qoidabuzar haydovchi qidiruvdagi shaxs bo`lib chiqdi

'Qoidabuzar haydovchi qidiruvdagi shaxs bo`lib chiqdi'ning rasmi

IIVning xabar qilishicha, joriy yilning 12 iyun kuni YPX inspektori A.O`tamishov Yangiyo`l shahrida xizmat olib borayotgan vaqtida "Neksiya-3" rusumli transport vositasini piyodalar o`tish joyidan o`tayotgan piyodaga yo`l bermaganligi uchun to`xtatgan. 

Unga chora ko`rish maqsadida haydovchi to`g`risida ma`lumotlarni planshetga kiritganda 1997 yilda tug`ilgan Surxondaryo viloyatida istiqomat qiluvchi fuqaro J.J. ekanligi aniqlanadi. 

Ma`lum qilinishicha, ushbu shaxsga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi (ko`p miqdorda o`g`rilik) bilan ayblanib, Jinoiy ishlar bo`yicha Termiz shahar sudi tomonidan qidiruv e`lon qilinganligi aniqlangan.

Qidiruvdagi shaxs Yangiyo`l shahar IIBga topshirildi, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar