Samarqand viloyat Qo`shrabot tumanida o`tkazilayotgan xalq deputatlari Qo`shrabot tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko`rildi.
Qo`shrabot tumani hokimi vazifasida faoliyat olib borgan Himmat Oqbo`taev boshqa ishga o`tishi munosabati bilan o`z arizasiga asosan egallab turgan vazifasidan ozod etildi.
Sessiyada deputatlar tomonidan Shakarboev Dilshod Davronovich nomzodi Qo`shrabot tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi, deya xabar bermoqda viloyat Axborot xizmati.






