AsosiyJamiyat

Prezident universitetida Samsung Electronics va Hyundai Motors bilan hamkorlikda qo`shma laboratoriya ochiladi

'Prezident universitetida Samsung Electronics va Hyundai Motors bilan hamkorlikda qo`shma laboratoriya ochiladi'ning rasmi

Prezident ta`lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident universitetining yangi qurilayotgan o`quv binosida Janubiy Koreyaning Hyundai Motors va Samsung Electronics kompaniyalari bilan hamkorlikda qo`shma laboratoriya ochilishi kutilmoqda. Bu haqda universitet Axborot xizmati ma`lum qildi.

Xabarda aytilishicha, mazkur laboratoriya Janubiy Koreyadan keltirilgan eng ilg`or va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlanadi. Bu kabi laboratoriyalarni tashkil etish orqali O`zbekistonda sun`iy intellekt, elektromobillar, nano-materiallar, yarim-o`tkazgichlar kabi sohalarni  rivojlantirish, shuningdek, Prezident universitetini ushbu sohalarda lokomotivga aylantirish ko`zda tutilgan.

Aytish mumkinki, yaratilayotgan bu imkoniyatlar talabalarning jahon standartlariga mos ravishda amaliyotga ega bo`lishlarini ta`minlaydi, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar