AsosiyJamiyat

Toshkent-Shahrisabz yo`nalishidagi poezdlarga bilet topish nega muammo bo`layotganligiga oydinlik kiritildi. Unga ko`ra...

'Toshkent-Shahrisabz yo`nalishidagi poezdlarga bilet topish nega muammo bo`layotganligiga oydinlik kiritildi. Unga ko`ra...'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoq sahifalarida “Toshkent – Shahrisabz” yo`nalishidagi poezdlarga chipta topish muammosi mavjudligi haqida xabarlar tarqatilmoqda. Mazkur masala bo`yicha yo`lovchilarni temir yo`l orqali tashish bilan faoliyat yurituvchi “O`ztemiryo`lyo`lovchi” AJ quyidagicha izoh berdi.

2019 yilning 15 mart kunidan 2020 yilning 24 mart kuniga qadar “Toshkent – Shahrisabz – Toshkent” yo`nalishida yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoezdlari o`z qatnovlarini amalga oshirib kelgan. Ushbu bir yil davrida harakatlangan yo`lovchilar oqimi tahlil qilinganda, Shahrisabzdan Toshkent shahriga keluvchi hamda Toshkent shahridan Shahrisabzga boruvchi yo`lovchilar soni juda kamligi sababli (umumiy yo`lovchilarning bir foiziga ham etmaydi), mazkur poezd qatnovi Qarshi shahriga qadar qisqartirilgan va 2020 yilda karantin choralari yumshatilganidan so`ng poezd “Toshkent – Qarshi – Toshkent” yo`nalishida harakatlanishni boshlagan.

Joriy yil aprel oyida O`zbekiston Respublikasi Prezidenting berilgan topshiriqlariga asosan 2022 yil may oyidan boshlab yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoezdlar harakati “Toshkent – Shahrisabz – Toshkent” yo`nalishida qayta tinklandi va haftaning har shanba va yakshanba kunlari amalga oshirib kelindi. Joriy yil 25 iyundan boshlab ushbu poezd Shahrisabzgacha faqat yo`lovchilar soni ko`p bo`lgan yakshanba kuni boradi. Xaftaning boshqa kunlarida esa yo`lovchilar soni juda ham kam bo`lmoqda.

Shu o`rinda qayd etish lozim, 6317/6318-sonli "Qarshi – Shahrisabz – Qarshi" yo`nalishida har kuni shaharlararo elektropoezdlar qatnovi mavjud.

“Toshkent – Shahrisabz – Toshkent” yo`nalishida harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoezdidagi joylar soni 286 tani tashkil etadi va chiptalar erkin savdoga 45 kun oldin chiqariladi. Poezd jo`nashiga sanoqli kun qolganida, talabi yuqori bo`lgan chiptalarni rasmiylashtirish (sotib olish) ehtimoli kam.Shuning uchun safar imkon qadar oldinroq rejalashtirilsa maqsadga muvofiq bo`ladi. Yo`lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida temir yo`l kassalariga bormasdan www.chipta.railway.uz yoki www.e-ticket.railway.uz saytlari orqali elektron chipta xarid qilish imkoniyati yaratilgan, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar