AsosiyJamiyat

Barcha hokimlar bitiruvchilar bilan shaxsan uchrashadi — Prezident

'Barcha hokimlar bitiruvchilar bilan shaxsan uchrashadi — Prezident'ning rasmi

Davlatimiz rahbari aholini kasb-hunarga o`qitishda xususiy sektor ulushini ko`paytirish lozimligini ta`kidladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Hozirda qonuniy asoslar bo`lsada, bironta xususiy kollej yoki texnikum mavjud emasligi ko`rsatib o`tildi.

Xorijiy kompaniyalar ham yoshlarimizni kasbga o`qitib, bandligini ta`minlash bo`yicha ko`plab tashabbuslarni bildirmoqda.

Bu boradagi ishlarni faollashtirish maqsadida xususiy kollej va texnikumlar tashkil etish uchun qator imtiyozlar beriladi:

- lisenziya olish uchun talablar qayta ko`rib chiqilib, zarur mablag`ning minimal miqdori 2 baravarga kamaytiriladi;

- bo`sh binolar uzoq muddatga ijaraga beriladi;

- xorijdan keltiriladigan adabiyotlar va uskunalar bojxona to`lovlaridan ozod qilinadi;

- xalqaro malaka sertifikatini olgan har bir bitiruvchi uchun 1 million so`mdan to`lab beriladi;

- ehtiyojmand yoshlar to`lov-kontrakti mablag`ining 30 foizi qoplab beriladi.

“O`quv yili deyarli yakunlandi. Oldimizda 404 ming nafar o`rta ta`lim, 151 ming nafar kasb-hunar ta`lim, 125 ming nafar oliygoh bitiruvchilari, jami 680 ming nafar yoshlarning bandligini ta`minlash bo`yicha muhim vazifa turibdi”, dedi Prezident.

Shu maqsadda barcha hokimlar:

- bitiruvchilar bilan shaxsan uchrashadi;

- ijtimoiy tarmoqlar va OAV orqali uchrashuvlarning aniq vaqti, joyi va telefonlarini e`lon qiladi;

- uchrashuvlarda rektorlar, yirik ish beruvchilar, korxona va klasterlar, mutasaddi idoralar rahbarlari ham ishtirok etadi;

- bitiruvchilarning ishga ehtiyoji, qiziqishi va ko`nikmalarini o`rganib, ularning balansini shakllantiradi;

- ish beruvchilarning ehtiyojidan kelib chiqib, monomarkazlarda kasbga tayyorlashni tashkil etadi.

Bu ishlarni amalga oshirish uchun joylarda doimiy ishlaydigan shtablar tuzilishi, ular ijtimoiy tarmoqlar orqali yoshlar va ularning ota-onasi bilan tizimli muloqotni yo`lga qo`yishi, kelib tushadigan har bir murojaat tezkor ko`rib chiqilishi shartligi belgilandi.

Yig`ilish yakunida mutasaddilar axborot berdi.

    Boshqa yangiliklar