AsosiyJamiyat

Surxondaryoda to`yi kuni kelinni urgan kuyovga chora ko`rildi

'Surxondaryoda to`yi kuni kelinni urgan kuyovga chora ko`rildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda to`y kuni sahnada kelin-kuyov o`yin o`ynab, musobaqalashgani, natijada yigit yutqazib, alamidan qizni urgani tasvirlangan video tarqaldi. Holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.
Ma`lum qilinishicha, 2022 yil 6 iyun kuni Surxondaryo viloyati Uzun tumanida bo`lib o`tgan nikoh to`yi marosimida kelin va kuyovga o`ralgan holda shirinlik berilgan va uni kim birinchi bo`lib ochish (“Syurpriz” o`yini) o`yini o`tkazilgan.
O`yin davomida kelin birinchi bo`lib shirinlikni ochganligi sababli bu holatdan kuyovni jahli chiqib, kelinni bir marotaba urgan.
“Mazkur holat yuzasidan Uzun tumani IIB tomonidan fuqaro X. R. (quyov)ga nisbatan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksining 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan ma`muriy ish qo`zg`atilib, to`plangan hujjatlar ko`rib chiqishlik uchun sudga yuborildi”, — deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, klin-kuyov va ularning ota-onalari bilan profilaktik suhbat o`tkazilgan.

Shuningdek, Xotin-qizlar davlat qo`mitasi ham vaziyat yuzasidan o`z munosabatini bildirdi:

"Ushbu holatni mazkur mahallada yashovchi mahalladoshlari tomonidan videotasvirga tushirgan va tasvirga olgan shaxs tomonidan internetga joylashtirgan.

Mazkur holat yuzasidan Uzun tumani IIB tomonidan surushtiruv ishlari olib borilib, kuyov va kelin hamda ularning ota-onalari bilan profilaktik suhbat olib borilib, mazkur holat muhokama qilindi. Fuqaro Xolqo`ziev Rustam Eshmamat o`g`lining xatti-harakatlarida huquqbuzarlik holati mavjudligi sababli hujjatlashtirilib, to`plangan xujjatlar Jinoyat ishlari bo`yicha Uzun tuman Sudiga yuborildi" deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar