AsosiyJamiyat

O`zbekistonda engil mashinalar importi qariyb 2 baravarga oshgan

'O`zbekistonda engil mashinalar importi qariyb 2 baravarga oshgan'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi davlat statistika qo`mitasi mamlakatda avtomobil importi bilan bog`liq ayrim ma`lumotlarni e`lon qildi.

Qayd etilishicha, 2022 yilning yanvar-may oylarida O`zbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 320,5 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan 13,6 mingta engil avtomobil import qilgan.  Importi hajmi o`tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 5,9 mingtaga yoki qariyb 2 baravarga oshgan.

Shuningdek,  engil avtomobillar import qilingan xorijiy davlatlar 22 tani tashkil etgan

5 oy davomida O`zbekiston mashinalarni eng ko`p import qilgan davlatlar quyidagilar:  

  •  Xitoy – 6426 ta;
  •  Koreya – 3491 ta;
  •   Qozog`iston – 2368 ta;
  •   Rossiya – 927 ta;
  •   AQSh – 122 ta;
  •   BAA – 71 ta ;
  •   Yaponiya – 50 ta;
  •   Germaniya – 37 ta.

    Boshqa yangiliklar