AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida sex portlab ketdi

'Toshkent viloyatida sex portlab ketdi'ning rasmi

Bugun, 15 iyun kuni Toshkent viloyati Olmaliq shahrida faoliyat yuritayotgan qo`shma korxonaning ishlab chiqarish sexida portlash sodir bo`lgan.

Hodisa texnologik jarayon buzilishi natijasida yuz bergan, deya xabar bermoqda FVV.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra,  voqelik oqibatida sexning bino konstruksiyalari buzilgan. 

Shuningdek, portash natijasida hududga yaqin joyda bo`lgan yuk mashinasi haydovchisi tan jarohati olgan. 

"Ayni vaqtda jabrlangan fuqaro shahar tibbiyot birlashmasida, shifokorlar nazoratida, ahvoli qoniqarli",-deyiladi xabarda.

Ma`lum bo`lishicha, sodir bo`lgan vaziyat oqibatida ishchi-xodimlarning halok bo`lish holatlari qayd etilmagan.

Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar vaziri boshchiligida viloyat hokimligi, prokuratura, IIV, Milliy Gvardiya va boshqa tashkilotlar vakillari etib borgan. Hozirda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish ishlari amalga oshirilayotgani aytilmoqda.

    Boshqa yangiliklar