O`zbekiston Prezidentining tegishli qarori bilan Sadoqat G`afforovna Siddiqova Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirining professional ta`limni rivojlantirish bo`yicha o`rinbosari etib tayinlandi.
Vazirlik xabariga ko`ra, Sadoqat Siddiqova bunga qadar Buxoro shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi direktori sifatida faoliyat yuritgan. Shuningdek, u 2018 yilda “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.
Ma`lumot uchun, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi tuzilmasida professional ta`lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish departamenti ham tashkil etilmoqda.






