Bugun, 15 iyun kuni Axsikent mehmonxonasida “Jazeera airways” aviakompaniyasining ish boshqaruvchisi (Country Manager – Uzbekistan) Ildar Abubakirov bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.
Unda Namangan viloyati Turizm va madaniy meros boshqarmasining va viloyat nodavlat notijorat turistik agentliklar vakillari ishtirok etishgan.
Uchrashuvni o`tkazishdan ko`zlangan asosiy maqsad “Jazeera airways” aviakompaniyasi tomonidan Namangan – Quvayt – Namangan yo`nalishida doimiy reyslarni yo`lga qo`yish orqali vodiy aholisiga yanada qulaylik yaratishdan iborat edi, deya xabar bermoqda Namangan xalqaro aeroporti matbuot xizmati.
Ta`kidlanishicha, tadbirda yig`ilganlarga “Jazeera airways” aviakompaniyasining ish faoliyati va xizmat turlari to`g`risida ma`lumot berilgan.
Shuningdek, Farg`ona vodiysida rasmiy vakolatxona ochish va avgust oyidan boshlab Namangan – Quvayt – Namangan yo`nalishida doimiy reyslarni yo`lga qo`yish rejalashtirilayotgani ma`lum qilingan.






