Sirdaryo viloyatining Yangier shahridan Tojikiston Respublikasining Istaravshan (eski nomi O`ratepa) shahriga qatnovchi “Yangier – Istaravshan – Yangier” xalqaro yo`nalishida sinov tariqasida mikroavtobuslar qatnovi yo`lga qo`yildi.
Transport vazirligi Axborot xizmati bu haqda xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, mazkur yo`nalishdagi qatnovlar Guliston shahrida ro`yxatdan o`tgan “Timur Avto Trans Servis” MChJ va Tojikiston Respublikasi tomonidan “Dovud” MChJlar tomonidan amalga oshirilmoqda.
Ma`lum qilinishicha, qatnovlar kuniga bir marotabadan tashkil etiladi.
Eslatib o`tamiz, mikroavtobuslar “Yangier” avtostansiyasidan soat 7:00 da Tojikiston tomonidan esa Istaravshan shahri markazidan soat 7:30 da yo`nalishga chiqadi.
Qatnov masofasi 69 km bo`lib, yo`lkira narxi 27 000 so`m etib belgilangan.
"Yo`lovchilar oqimidan kelib chiqqan holda tashuvchilar tomonidan qatnovlar sonini har ikki tomondan kuniga to`rtagacha etkazish ko`zda tutilgan",-deyiladi xabarda.






