2022/2023 o`quv yili uchun respublika oliy ta`lim muassasalariga abiturient sifatida ro`yxatdan o`tish jarayonlari 2022 yilning 20 iyunidan 20 iyuliga qadar (joriy kun ham) bo`lib o`tadi. Bu haqda vazirlik xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, bunda onlayn ro`yxatdan o`tish:
- Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali;
- Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali orqali amalga oshiriladi.
Shuningdek, chet tili fanidan kasbiy (ijodiy) imtihon o`tkaziladigan ta`lim yo`nalishlariga onlayn ro`yxatdan o`tish 10 iyuliga qadar (10 iyul kuni ham) amalga oshirilishi aytiladi.






