AsosiyJamiyat

Endi magistraturaga qabul ikki marta bo`ladi. Unga ko`ra...

'Endi magistraturaga qabul ikki marta bo`ladi. Unga ko`ra...'ning rasmi

Joriy o`quv yilidan boshlab davlat oliy ta`lim muassasalarida:

- magistraturaga qabul abiturientning bakalavriat diplom bali o`rtacha ko`rsatkichi hamda xorijiy tilni bilish darajasi bo`yicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi, mutaxassislik fanidan imtihon o`tkazilmaydi.

Bunda magistraturaga qabul bir yilda ikki marta – avgust va yanvar oylarida tashkil etiladi.

Shuningdek, magistraturaga qabul ikki marta amalga oshirilganda:

- avgust oyidagi qabul – navbatdagi o`quv yili uchun tasdiqlangan davlat granti va to`lov-kontrakt asosidagi kvotalar uchun;

- yanvar oyidagi qabul – yozda to`lmay qolgan o`rinlar hamda Davlat qabul komissiyasi tasdiqlangan kontrakt asosidagi qo`shimcha kvotalar uchun bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar