Aniqlanishicha, soat 19:44 da Samarqand viloyati FVBga tumanning Navbog`chiyon MFY Uzumzor ko`chasida joylashgan xonadonlarning biridan murojaat kelib tushgan. Ta`kidlanishicha, quduq qazish ishlari vaqtida 31 yoshli erkak taxminan 8 metr chuqurlikda havo etishmagani sabab hushini yo`qotgan.
FVVning xabariga ko`ra, qutqaruvchilar zudlik bilan aytilgan manzilga etib borib, maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida fuqaroni quduqdan sog`-salomat chiqarib olgan. Shuningdek, fuqaroga birinchi tibbiy yordam ko`rsatilgan.






