AsosiyJamiyat

O`zbekistonda parrandachilik bilan shug`ullanuvchi tadbirkorlarga imtiyozli kredit beriladi

'O`zbekistonda parrandachilik bilan shug`ullanuvchi tadbirkorlarga imtiyozli kredit beriladi'ning rasmi

Prezident «Parrandachilik sohasini davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi qarorni qabul qildi. Bu haqda «Huquqiy axborot» xabar berdi.

Qarorga ko`ra, 2023 yil 1 apreldan parrandachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan shug`ullanuvchi tadbirkorlarni davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash, subsidiyalar ajratish va boshqa imtiyozlardan foydalanish huquqi faqatgina my.vetgov.uz saytida ro`yxatdan o`tgan hamda tegishli mezonlarga mos keluvchi parrandachilik xo`jaliklariga beriladi.

2022 yil 1 iyundan parrandachilik xo`jaliklari va parranda omuxta emi ishlab chiqaruvchi tadbirkorlarga don zaxirasi yaratish uchun Markaziy bank asosiy stavkasida 3 oylik imtiyozli davr bilan 12 oy muddatgacha revolver kreditlar ajratiladi.

Parrandachilikni rivojlantirish bo`yicha maqsadli davlat dasturlari bo`yicha kredit mablag`lari 10 yilgacha muddatga 3 yilgacha imtiyozli davr bilan ajratiladi.

Tiklanish va taraqqiyot jamg`armasining parrandachilik xo`jaliklari va parranda omuxta emi ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik sub`ektlari loyihalarini moliyalashtirish uchun «Mikrokreditbank» ATBga yo`naltirilgan miqdoridagi mablag`larini qaytarish muddati 7 yildan 10 yilgacha 5 yillik imtiyozli davr bilan uzaytiriladi.

Tadbirkorlarga ularning mavjud quvvatlarini to`liq ishga tushirish uchun oldin ajratilgan kreditlarning qaytarish muddati ularning arizasiga ko`ra hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo`mitasi takliflariga asosan 10 yilgacha uzaytiriladi.

«Parrandasanoat» uyushmasiga a`zo parrandachilik xo`jaliklariga 2022 yil 1 iyuldan 2024 yil 1 yanvargacha davrda parrandachilik xo`jaliklariga har bir bosh 1 kunlik nasldor jo`jani import qilish bilan bog`liq xarajatlarni qoplash uchun subsidiya miqdori 12 ming so`m etib belgilandi. Parranda go`shti ishlab chiqarish hajmlari yil yakunigacha kamida 35 foizga oshirilib, 600 ming tonnaga etkaziladi.

    Boshqa yangiliklar