AsosiyDunyo

Afg`on xalqi o`z tarixidagi eng fojiali davrni boshdan kechirmoqda — BMT

'Afg`on xalqi o`z tarixidagi eng fojiali davrni boshdan kechirmoqda — BMT'ning rasmi

Zamon.uz' nashrining ma`lum qilishicha, BMT yana bir bor Afg`onistondagi og`ir gumanitar va iqtisodiy inqirozdan ogohlantirmoqda.

“Gumanitar va iqtisodiy inqiroz hamon afg`onlar hayotiga halokatli ta`sir o`tkazmoqda. Bugun, o`sib borayotgan ishsizlik sharoitida, 93 foiz oilalar oziq-ovqat etishmovchiligiga duch kelmoqda. Bu ayniqsa, aholining eng qashshoq va nozik qatlamlari — ayollar boshchilik qiladigan oilalar, qari insonlar, nogironlar va bolalarga salbiy ta`sir ko`rsatmoqda. Afg`oniston aholisining qariyb yarmi — 19.7 million kishi ochlik yoqasida”, – degan BMTning inson huquqlari bo`yicha oliy komissari Mishel Bachelet.

Shuningdek, u ko`plab afg`onistonliklar malakali tibbiy xizmatdan uzilib qolganini ta`kidlagan. JSST ma`lumotlariga ko`ra, ularning soni 18.1 milliondan ortadi.

Bundan tashqari, Bachelet “Tolibon”ni ayollar, jurnalistlar va huquq himoyachilari ta`qib qilish hamda huquqini kamsitish siyosatidan voz kechishga chaqirgan.

“Afg`oniston xalqi ushbu avlod hayotidagi eng fojiali davrni boshdan kechirmoqda”, – deb qayd etgan oliy komissar.

    Boshqa yangiliklar