Ispaniyada so`nggi bir necha kun ichida kuchli jazirama fonida tabiiy yong`inlar soni sezilarli darajada oshdi, deya xabar bermoqda Evropa OAVlari.
Ma`lum qilinishicha, Baldomar shahri yaqinida yong`inlar allaqachon deyarli 1000 gektar o`rmonlarni vayron qilgan. Shu bilan birga, o`t o`chiruvchilar yong`in ko`lami 20 ming gektarga tarqalishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda.
Dam olish kunlaridan boshlab Ispaniyada yilning shu davri uchun g`ayritabiiy yuqori harorat o`rnatildi. Payshanba kuni ayrim hududlarda havo harorati Selsiy bo`yicha 40 darajadan oshdi.
Haddan tashqari jazirama Evropaning boshqa mamlakatlariga, xususan, Fransiyaga ham ta`sir ko`rsatmoqda.






