Ma`lum bo`lishicha, chorrahadan burilayotgan “Zil" Nexia’ga borib urilgan.
Hodisa 16 iyun kuni soat taxminan 05:30 larda sodir bo`lgan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Haydovchi A.S. boshqaruvida bo`lgan Nexia bilan Qarshi shahar aylanma yo`lidan Nishon tumanidan Samarqand viloyati tomonga harakatlanib kelib, "Bog`obod” MFY hududidagi “Sharshara” choyxonasi oldidagi chorrahada qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan haydovchi A.T. boshqaruvida bo`lgan “Zil -130” rusumli yuk avtomashinasi bilan ushbu chorrahadan qayrilib, olayotgan vaqtida old qismi bilan Nexia’ga urilib, yo`l transport hodisasi sodir etgan.
Natijada, Nexia salonida yo`lovchi sifatida kelayotgan fuqaro N.O`. olgan tar jarohati tufayli shifoxonada berilgan tez tibbiy yordamga qaramay vafot etgan.
"Hozirda mazkur holat yuzasidan Qarshi tumani IIB TB tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda",-deyiladi xabardv.






