Bir muddat avval Prezident Shavkat Mirziyoev Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markaziga borishini ma`lum qilgandik.
Ayni vaqtda davlat rahbari markazda bo`lib turibti. Bu haqda uning matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar bermoqda.
Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida bo`lib turgan Shavkat Mirziyoev sal avval o`sha erda davolanayotgan Saidazizxon bilan samimiy suhbatlashdi.
Davlat rahbari markazda ijod bilan shug`ullanish uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, bolalarning mashg`ulotlarini ham kuzatdi.
Jumladan, Kichkintoy Alan Prezidentga orzusini aytib berdi:
"Shifoxonadan tezroq chiqishni, ota-onam bilan yaxshi yashashni, "Tesla" zavodining boshlig`i bo`lishni xohlayman",-deydi qoraqalpog`istonlik Alan.
Davlat rahbari uning istaklarini tinglab, u katta bo`lguniga qadar "Tesla" zavodi ham ochilishini ta`kidladi.
"Xudo xohlasa, mana, Qoraqalpog`iston qanday rivojlanyapti. Hali katta zavodlar ochiladi. Sen katta bo`lguningcha hali "Tesla" zavodi ham keladi. Mening niyatim seni tezroq tuzalib ketishing",-deydi Shavkat Mirziyoev.