Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2022 yilning yanvar-may oylarida O`zbekistonda 126 474 ta engil avtomobillar ishlab chiqarilgan.
Ishlab chiqarilgan engil avtomobillar soni o`tgan yilning mos davriga nisbatan 40 680 taga oshgan.
2022 yilning yanvar-may oylarida ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi:
— Avtomobil benzini – 475 ming tonna
— Ko`mir – 2,1 mln. tonna
— Neft – 318 ming tonna
— Gaz kondensati – 555 ming tonna
— Engil avtomobillar – 126 474 dona
— Avtobus – 376 dona
— Yuk avtomobillari – 1596 dona
— Avtomobil dvigatellari – 94,1 ming dona






