AsosiyDunyo

Qator davlatlar metandan foydalanishni qisqartirmoqchi. Sababi...

'Qator davlatlar metandan foydalanishni qisqartirmoqchi. Sababi...'ning rasmi

Evropa Ittifoqi, AQSh va yana 11 davlat atmosferaga metan chiqarilishini kamaytirishga qaratilgan harakatlar dasturini kelishib oldi. Bu haqda AQSh va EIning qo`shma bayonotida so`z boradi, deya yozmoqda Zamon.uz internet nashri.

Shu maqsadda 60 million dollar investisiya ajratiladi. Rejada neft va gaz tarmoqlarida metan ajralib chiqishini qisqartirish o`rin olgan. Bu bir vaqtning o`zida energetik xavfsizlik va iqlim o`zgarishiga qarshi kurash sohalarida katta natija berishi mumkinligi ta`kidlangan. 

Bayonotda qayd etilishicha , 2021 yilda butun dunyo bo`ylab 250 milliard kub metr metan yoqilgan. Yuqoridagi tashabbusning 2030 yilgacha amalga oshirilishi 2050 yilga kelib global isish sur`atining 0.1 darajaga tushishiga olib keladi. 

    Boshqa yangiliklar