AsosiyDunyo

Toqaev DXR va LXRni tan olmasligini aytdi (video)

'Toqaev DXR va LXRni tan olmasligini aytdi (video)'ning rasmi

Qozog`iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqaev Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida rossiyalik jurnalist Margarita Simonyan savoliga javoban Lugansk va Donesk respublikalarini tan olmasligini bildirdi. Bu haqda Qozog`iston xalqaro axborot agentligi yozmoqda .

"Ochig`i, bu borada turlicha fikrlar mavjud. Jamiyatimiz ochiq, fuqarolik jamiyati rivojlanayotgani yaqqol kuzatilmoqda. Shuning uchun turli fikrlar bildiriladi. Shu bilan birga, men quyidagilarni ta`kidlamoqchiman: zamonaviy huquq - bu BMT Nizomi. Biroq, Birlashgan Millatlar Tashkilotining ikki tamoyili bir-biriga zid - davlat yaxlitligi va millatning o`z tanlovini qilish huquqi. Agar shunday bo`lsa, bu tamoyillar bir-biriga zid va turli talqinlarga ega",- deydi Toqaev.

Prezidentning ta`kidlashicha, agar xalqlarga tanlash huquqi berilsa, sayyorada 193 ta davlat o`rniga 500-600 ta davlat vujudga kelgan bo`lar edi.

"Bu biz uchun juda muhim. Shuning uchun biz Tayvan, Kosovo, Janubiy Osetiya yoki Abxaziyani tan olmaymiz. Shuning uchun bu tamoyil, bizning fikrimizcha, kvazi (soxta) davlat birlashmalari hisoblangan Lugansk va Doneskga nisbatan qo`llaniladi" , — deydi Qozog`iston rahbari. 

Eslatib o`tamiz, bir muddat avval To`qaev Qozog`iston hech qachon Rossiyadan voz kechmasligini bildirgandi. U mamlakat hukumati Moskvaga nisbatan sanksiyalar bosimiga qaramay, Rossiya oldidagi ittifoqchilik majburiyatlarini bajarishdan bosh tortmayayotganini ma`lum qilgandi

Dilbar Abdunabieva.

    Boshqa yangiliklar