Bugungi kunda davlat ijrochilari tomonidan ishga tiklash, ish haqlarini undirish bilan bog`liq hujjatlari ijrosini ta`minlash borasida tegishli chora-tadbirlari ko`rib kelinmoqda. Jumladan, sud qarorlari asosida qonunga xilof ravishda ishdan bo`shatilgan 10 nafar shaxslar ishga tiklandi va jami 661 nafar fuqarolar hamda 29 nafar yuridik shaxslarning huquqi tiklandi.
Ish xaqlarini undirish bilan bog`liq 172 ta ijro hujjatlariga asosan 810 mln. so`mdan ortiq ish haqlari undirilib, ijro hujjatlarining ijrosi tamomlandi.
Fuqarolik ishlari bo`yicha Guliston tumanlararo sudining qarorlariga asosan qarzdor “Guliston paxta tozalash” AJ hisobidan jami 25 nafar undiruvchilar foydasiga jami 100 000 000 so`m ish haqi undirish to`g`risidagi ijro hujjati Byuroning Guliston tumani bo`limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro ishi yuritishni qo`zg`atish to`g`risida qarorlar qabul qilinib, ijro harakatlariga kirishilgan.
Majburiy ijro harakatlari davomida, davlat ijrochisining undiruvni qarzdorning debitorlik qarziga qaratish to`g`risidagi qaroriga asosan jami 100 000 000 so`m ish haqi pullari to`liq undirilib, undiruvchilarning bank plastik kartalariga o`tkazib berilishi ta`minlandi.
Shunga ko`ra, ijro ishi yuritish Qonunning 41-moddasiga asosan amalda tamomlandi.
Ijro harakatlari davomida, 25 ta sud qarorlari ijrosi ta`minlandi va 25 nafar fuqarolarning huquqlari tiklandi.






