AsosiyJamiyat

Ertaga bizni qanday ob-havo kutmoqda?

'Ertaga bizni qanday ob-havo kutmoqda?'ning rasmi

Toshkent shahri. 

Havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 21-23 daraja, kunduzi 34-36 daraja issiq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyati. 

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayadi, ba`zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bo`lishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 32-37 daraja issiq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. 

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayadi, ba`zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bo`lishi mumkin. Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 32-37 daraja issiq bo`ladi.

Toshkent viloyati. 

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayadi, ba`zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bo`lishi mumkin. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 34-39 daraja issiq bo`ladi.

Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari. 

Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayadi, ba`zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bo`lishi mumkin. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 34-39 daraja issiq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. 

Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayadi, ba`zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bo`lishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 34-39 daraja issiq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlari. 

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 33-38 daraja issiq bo`ladi.

Respublikaning tog`li hududlari. 

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi, ayrim joylarda do`l yog`ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 24-29 daraja issiq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar