Rossiya prezidenti Vladimir Putin G`arbni global iqtisodiy inqirozni keltirib chiqarishda aybladi. Uning so`zlariga ko`ra, hozirgi vaziyatga Evropa va AQShning Rossiyaga nisbata joriy etgan “axmoqona” sanksiyalari sababdir, deya yozmoqda Zamon.uz' nashri.
Ma`lum qilinishicha, Sankt-Peterburg Xalqaro Iqtisodiy Forumida nutq so`zlagan Putin Rossiya G`arbga javob qaytarishini ta`kidlagan.
“Biz kuchli davlatmiz va har qanday qiyinchilikka dosh bera olamiz. Ota-bobolarimiz kabi biz har qanday muammoni hal qilamiz, mamlakatimizning ming yillik tarixi shundan dalolat beradi”,— degan u.
Putin Ukrainadagi “maxsus harbiy operasiyani” davom ettirish qarorini tasdiqladi. Prezidentning aytishicha, Donbasdagi rus askarlari ham Rossiyaning o`z “rivojini ta`minlash huquqlarini” himoya qilish uchun kurashmoqda.






