Andijon shahrining sobiq hokimi Bahrom Haydarovning hibsga olinganidan keyin qabul qilingan qaror va farmoyishlari bekor qilindi. Shaharning yangi hokimi G`ofurjon Abdurahmonov tegishli qarorni imzoladi.
Abdurahmonovning qarori bilan Andijon shahar hokimining 2022 yil 21 apreldagi 99-1-29-Q/22-sonli, 2022 yil 17 maydagi 135-1-29-Q/22-sonli, shuningdek 2022-yil 6-7 iyun kunlari qabul qilingan 159-1-29-Q/22, 160-1-29-Q/22, 161-1-29-Q/22, 162-1-29-Q/22, 163-1-29-Q/22, 164-1-29-Q/22, 165-1-29-Q/22, 166-1-29-Q/22, 167-1-29-Q/22, 168-1-29-Q/22, 169-1-29-Q/22, 170-1-29-Q/22, 171-1-29-Q/22, 172-1-29-Q/22, 173-1-29-Q/22, 174-1-29-Q/22, 176-1-29-Q/22, 177-1-29-Q/22, 178-1-29-Q/22, 179-1-29-Q/22, 180-1-29-Q/22, 181-1-29-Q/22, 182-1-29-Q/22, 183-1-29-Q/22, 184-1-29-Q/22-sonli qarorlari hamda 89-1-29-F/22, 90-1-29-F/22 va 91-1-29-F/22-sonli farmoyishlari qonun hujjatlariga zid ravishda qabul qilinganligi sababli bekor qilinindi.
Eslatib o`tamiz, sobiq Andijon shahrining sobiq hokimi Bahrom Haydarov joriy yilning 6 iyun kuni qamoqqa olindi. U jinoiy sheriklari bilan 48 mlrd so`m byudjet mablag`larini talon-toroj qilganlikda ayblanmoqda. Uning ortidan Andijon viloyati Xalq ta`limi boshqarmasi boshlig`i ham hibsga olindi.
Aytish joizki, dastlab Bahrom Haydarov davlat manfaatlariga 1 mlrd 779 mln so`m zarar etkazishda gumonlangandi. Andijon shahar prokuraturasi tomonidan olib borilayotgan jinoyat ishi doirasida joriy yilning 3 fevral kuni deputat va hokimni tergovga jalb qilish maqsadida Andijon viloyati prokuraturasiga taqdimnoma kiritilgan.
Dastlabki tergov harakatlari davomida Bahrom Haydarov hokimiyat huzuridagi Er maydonlarini ajratish bo`yicha doimiy ishlovchi maxsus komissiya a`zolari bilan guruhda Er kodeksining 17, 23, 62-moddalari, qolaversa, Prezident hamda Vazirlar Mahkamasining qaror hamda farmoyishlariga zid ravishda jismoniy va yuridik shaxslarga auksion orqali o`zining vakolatidan qasddan foydalanib, er maydonlarini to`g`ridan-to`g`ri ajratilishi haqida mutasaddi mansabdorlarga ko`rsatma bergani aniqlangan.
Bahrom Haydarov aslida bekor qilingan hujjatlarni asos qilib ko`rsatgan holda, komissiya dalolatnomalari va er ajratish to`g`risidagi qarorlariga soxta ma`lumotlar va yozuvlar kiritib, 2019-2020 yillarda er maydonlarini ajratish to`g`risidagi qaror va farmoyishlarni qabul qilgan.
Keyinroq Bosh prokuratura Bahrom Haydarov Andijon shaharmoliya bo`limida ishlagan vaqtida 48 mlrd mablag`larni talon-toroj qilishda gumonlanayotganini ma`lum qildi. Bosh prokuratura tomonidan olib borilayotgan tergov ishida 37 nafar shaxs ayblanib ulardan 32 nafari hibsga olingan.






