AOKAda o`tkazilgan brifingda “Uzbekistan Airways” AJ axborot xizmati rahbari Kamola Ikromova «Haj-2022» dasturi bo`yicha amalga oshirilgan ishlar haqida ma`lumot berdi.
Ma`lum qilinishicha, joriy yil 18-30 iyun kunlari Toshkent-Madina, Buxoro-Madina, Namangan-Madina, Samarqand-Madina, Qarshi-Madina, Urganch-Madina, Nukus-Madina yo`nalishlari bo`yicha haj safariga kuzatiladi va xuddi shu yo`nalishlar bo`yicha 14-31 iyul kunlari yurtimizga qaytib keladilar.
Ushbu mavsumda 10900 nafar kishi haj safariga yuborildi va ular yurtimizga qaytishda Jidda shahridan parvoz qiladilar.






