G`arb davlatlarida ayrim oziq-ovqat mahsulotlari etishmovchiligi kuzatilmoqda. Bu haqda manbalarga tayanib Zamon.uz' nashri xabar berdi.
Ekspertlarning fikricha, bu etkazib berish zanjirlaridagi uzilishlar bilan bog`liq. Oqibatda qator davlatlarda pivo, Popkorn, piyoz va boshqa mahsulotlar taqchilligi kuzatilyapti.
"So`nggi oylarda ayrim mahsulotlar odatdagidan tashqari qimmat yoki topilishi qiyin bo`lib qoldi. Masalan, Avstraliyadan keladigan latuk salati, Yaponiya piyozi, hatto Germaniyadan pivoning narxi oshib ketdi. Bu esa biznesni muqobil mahsulotlar qidirishga majbur qilmoqda. Muammo asosan mahsulotlar yo`qligi emas, global etkazib berish zanjirlari tufayli yuzaga kelgan. Bunga bir qancha faktorlar sababchi: noqulay ob-havodan tortib, pandemiya va geosiyosiy taranglikkacha", — deyiladi agentlik xabarida.
Masalan, Germaniyada shisha idishlar etishmovchiligi yuzaga kelgan. Ular Ukrainadan keladigan shisha mahsulotlaridan ishlab chiqarilgan. AQShda esa popkorn etishmovchiligi kuzatilgan. Fermerlar makkajo`xoridan boshqa serdaromad ekinlar etishtirishga o`tib ketishi xavfi bor.






