Germaniya iqtisodiyot vazirligi mamlakat erosti gaz saqlash omborlarini to`ldirish uchun 15 milliard evro ajratdi. Bu haqda mamlakat rasmiy manbalariga tayanib Zamon.uz' xabar bermoqda .
Qayd etilishicha, shu maqsadda KfW bank guruhi kredit taqdim etadi. Ushbu mablag`lar Germaniyaning Trading Hub Europe gaz xabiga berilishi aytiladi. Bundan tashqari, hukumat gazni ko`proq tejash maqsadida ko`mir elektr stansiyalaridan yanada faol foydalanmoqchiligi aytiladi.
Eslatib o`tamiz, 16 iyunda Bloomberg agentligi RFning Germaniyadagi eng yirik mijozi Uniper’ga gaz etkazib berishni qisqartirgani to`g`risida xabar bergandi.






