2022 yil 19 iyun holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 239726 (+93) nafarni tashkil etmoqda.
Sog`liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati bu haqda xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, yangi kasallanish holatlarining:
- 3 nafari Andijon viloyatida,
- 6 nafari Buxoro viloyatida,
- 2 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 2 nafari Namangan viloyatida,
- 4 nafari Samarqand viloyatida,
- 6 nafari Toshkent viloyatida,
- 70 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shuningdek, kecha kun davomida
- Buxoro viloyatida 2 nafar,
- Toshkent viloyatida 5 nafar,
- Toshkent shahrida 51 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 237713 (+58) nafarga etgan va sog`ayish ko`rsatkichi 99 foizni tashkil etmoqda.






