Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 21 iyun kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Momaqaldiroq paytida shamolning tezligi sekundiga 12-17 metrgacha tezlashishi mumkin. Kechasi 17-19, kunduzi 27-29 daraja iliq bo`ladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. G`arbdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 18-23 metrgacha, ba`zi tumanlarda chang-bo`ronlari bilan birga sekundiga 25-28 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 20-25, kunduzi 23-28 daraja iliq bo`ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 18-23 metrgacha, ba`zi tumanlarda chang-bo`ronlari bilan birga sekundiga 25-28 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq bo`ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 18-23 metrgacha, ba`zi tumanlarda chang-bo`ronlari bilan birga sekundiga 25-28 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 18-23 , kunduzi 23-28 daraja iliq bo`ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 18-23 metrgacha, ba`zi tumanlarda chang-bo`ronlari bilan birga sekundiga 25-28 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq bo`ladi.
Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 18-23 metrgacha, ba`zi tumanlarda chang-bo`ronlari bilan birga sekundiga 25-28 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 18-23, kunduzi 23-28 daraja iliq bo`ladi.
Respublikamizning tog`oldi va tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, ayrim joylarda kuchli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Ba`zi joylarda do`l yog`ishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 12-17, kunduzi 15-20 daraja iliq bo`ladi.






