Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2022 yilning 1 yanvar holatiga respublika bo`yicha ilk bor oila qurayotgan erkaklarning o`rtacha yoshi 26,5 yoshni tashkil etdi.
Keltirilishicha, hududlar kesimida ilk bor oila qurayotgan erkaklarning o`rtacha yoshi quyidagicha:
- Qoraqalpog`iston — 26,1 yosh;
- Andijon viloyati — 26,4 yosh;
- Buxoro viloyati — 25,4 yosh;
- Jizzax viloyati — 26,8 yosh;
- Qashqadaryo viloyati — 26,8 yosh;
- Navoiy viloyati — 26,4 yosh;
- Namangan viloyati — 26,1 yosh;
- Samarqand viloyati — 26,3 yosh;
- Surxondaryo viloyati — 26,9 yosh;
- Sirdaryo viloyati — 27,2 yosh;
- Toshkent viloyati — 27,1 yosh;
- Farg`ona viloyati — 26,1 yosh;
- Xorazm viloyati — 25,6 yosh;
- Toshkent shahri — 27,1 yosh.






