AsosiyJamiyat

Toshkentdagi xususiy bog`chalardan birida yong`in chiqdi

'Toshkentdagi xususiy bog`chalardan birida yong`in chiqdi'ning rasmi

Toshkentdagi Mirobod tumanidagi xususiy bog`chalardan birida yong`in sodir bo`ldi.  Holat yuzasidan FVV ma`lumot berdi.

Ma`lum qilinishicha, yong`in aslida Mirobod tumani «Mirobod» MFYdagi xonadonlardan birida sodir bo`lgan, o`rganish natijalariga ko`ra ushbu yong`in xususiy bog`chaning orqa tomonidagi xonadonda sodir bo`lgani aniqlangan.

Qayd etilishicha, 20 iyun kuni soat 17:48 da Toshkent shahar Mirobod tumani «Mirobod» MFY joylashgan xonadonlardan birida yong`in bo`layotganligi to`g`risida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan. Voqea joyiga 4 ta yong`in-qutqaruv ekipajlari soat 17:56 da etib borib, soat 18:18da yong`in qurshab olingan, soat 18:31da batamom o`chirilgan.

Yong`indan ushbu xonadonning taxminan 80 kvadrat metr maydonda tomi, shift qismi va uy-jixozlari yongan.
Yong`in oqibatida fuqarolarni tan jarohati olish va halok bo`lish xolatlari qayd etilmadi, yong`ining kelib chiqish sabablari hamda uning zarar miqdori aniqlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar