AsosiyJamiyat

O`zbekistonda sariq rangli tarvuz etishtirilmoqda

'O`zbekistonda sariq rangli tarvuz etishtirilmoqda'ning rasmi

Cariq tarvuz ichki bozor va eksportga chiqarilmoqda. Bu haqda Qishloq xo`jaligi vazirligi xabar berdi.

Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi fermer xo`jaligida urug`i Janubiy Koreyadan keltirilgan "Riamo" navli sariq tarvuz etishtirilmoqda.

Aytilishicha, sariq rangli tarvuz turi yangi, noyob va hududlarda kam etishtiriladi. Shuning uchun ham uning narxi oddiy tarvuzlarga qaraganda biroz yuqoriroq.

Sariq tarvuzning urug`lari kamroq yoki umuman bo`lmaydi. Ta`mi mango, limon va ananasga o`xshab ketadi. U qizil tarvuzga qaraganda sal oldinroq pishadi.

    Boshqa yangiliklar