AsosiyJamiyat

Farg`onada nogiron fuqarolardan xabar olmaganligi uchun 2 nafar tibbiyot xodimi hayfsan oldi

'Farg`onada nogiron fuqarolardan xabar olmaganligi uchun 2 nafar tibbiyot xodimi hayfsan oldi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo`yicha vakiliga (Ombudsmanga) Farg`ona viloyati O`zbekiston tumani Turkiston ko`chasida yashovchi 1-guruh nogironi bo`lgan ayol N.O. murojaat qilib, tumandagi tibbiy xodimlar xizmatidan norozi ekanligi, o`z vaqtida tibbiy ko`rikdan o`tkazilmayotgani, dori-darmon bilan ta`minlanmayotganini bildirgan. Shuningdek, unga moddiy yordam ko`rsatilmayotganidan ham shikoyat qilgan.

Bu haqda Ombudsman Axborot xizmati xabar bermoqda.

Xabarda qayd etilishicha, ushbu murojaat o`rganish uchun Ombudsmanning Farg`ona viloyatidagi mintaqaviy vakili Alisher Komilovga yuborilgan. Mintaqaviy vakil tuman hokimligining tegishli mutaxassislari, tuman tibbiyot birlashmasi xodimlarini jalb qilgan xolda murojaatni o`rgangan.

Aniqlanishicha, haqiqatdan ham fuqaro O.N. 1-guruh nogironi bo`lib, Sharko Mariy kasalligi bilan ro`yxatda turadi. U tuman tibbiyot xodimlari tomonidan takroran ko`rikdan o`tkazilganda, unda pay reflekslari oyoqlarda sustlashgani, quvvatsizlik va harakat cheklanishi, pastki paraparez ikkala tizza bo`g`imi artriti asoratlari mavjudligi aniqlandi. Bemorga muolajalar qilinib, tegishli tavsiyalar berildi.

Shuningdek, murojaatchi O.N.ning yashash sharoiti yaxshiligi, kam ta`minlangan oila sifatida ro`yxatga olinmaganligi, tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan berilgan yo`llanma asosida Toshkent shahrida davolanib kelganligi aniqlandi.

Uning 1-guruh nogironi bo`lganligi inobatga olinib, «Ayollar daftari»ning 3-bosqichiga ro`yxatga qo`yilishi ta`minlandi, shunga ko`ra, endilikda fuqaroga bir martalik 1 mln. 80 ming so`m miqdorida moddiy yordam ko`rsatiladi.

O`zbekiston tuman tibbiyot birlashmasining 2022 yil 7 iyundagi buyrug`i bilan 1-guruh nogironi O.N.ning ahvolidan o`z vaqtida xabar olmaganligi, tibbiy ko`rikdan o`tkazmaganligi va tegishli muolajalar qilinmagani uchun tuman ko`p tarmoqli markaziy poliklinikasining 2 nafar mas`ul xodimlariga «hayfsan» intizomiy jazo chorasi qo`llanildi.

Shuningdek, Ombudsmanning Farg`ona viloyatidagi mintaqaviy vakili A.Kamilovga Farg`ona shahar, Al-Xorazmiy ko`chasida yashovchi 2-guruh nogironi bo`lgan ayol K.Yu. ham murojaat qilgan. U o`z arizasida mikroinsult kasalligiga chalinganligi sababli to`shakka mixlangani, doimiy ravishda uyda tibbiy muolajalar olayotganligi sababli moddiy yordamga muhtojligini ma`lum qilgan.

Murojaatchining ma`lum qilishicha, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 maydagi “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini manzilli qo`llab-quvvatlashga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarori bilan unga bir martalik moddiy yordam ajratilgan. Mintaqaviy vakilning ko`magida murojaatchiga davlat tomonidan ajratilgan moddiy yordam puli uning yashash joyiga etkazilishi ta`minlandi.

    Boshqa yangiliklar