Sirdaryo viloyati prokuraturasi Matbuot xizmatining xabar qilishicha, 13 iyun kuni tuman Qishloq xo`jaligi bo`limi etakchi mutaxassisi vazifasida ishlab kelgan T.B. o`zi ishlab kelgan tuman qishloq xo`jaligi bo`limi ma`muriy binosining ikkinchi qavatidagi bo`sh xonasida, ishi bilan bog`liq bo`lmagan va hozirda aniqlik kiritilayotgan shaxsiy muammolari sababli xona eshigining to`siniga sirtmoq bilan bo`yin qismidan osib, o`z joniga qasd qilgan.
Hodisa joyi Boyovut tumani prokurori, tuman IIB boshlig`i, tuman IIB tezkor-tergov guruhi a`zolari va tuman prokuraturasi tergovchisi tomonidan ko`zdan kechirilib, bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Hozirda holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.






