AsosiyJamiyat

O`zbekistonda zo`ravonlik sodir etib, himoya orderi talabini bajarmaganlik uchun jazo chorasi kuchaytirilmoqda

'O`zbekistonda zo`ravonlik sodir etib, himoya orderi talabini bajarmaganlik uchun jazo chorasi kuchaytirilmoqda'ning rasmi

O`zbekistonda tazyiq o`tkazgan va (yoki) zo`ravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil bo`lgan shaxs tomonidan himoya orderi talablarini bajarmaganlik uchun BHMning besh baravaridan o`n baravarigacha miqdorda jarima yoki o`n besh sutkagacha muddatga ma`muriy qamoq belgilanmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbaev o`zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida xabar berdi.

Ma`lumot uchun, amalda bunday huquqbuzarlik uchun BHMning bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima yoki o`n besh sutkagacha muddatga ma`muriy qamoq belgilangan.

Eslatib o`tamiz, 2020 yilda xotin-qizlarga 14 774 ta himoya orderi berilgan bo`lsa, 2021 yilda bu ko`rsatkich 39343 tani tashkil etgan. Tazyiq o`tkazgan va (yoki) zo`ravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil bo`lgan shaxs tomonidan himoya orderi talablarini bajarmaslik bo`yicha 1210 ta holat aniqlangan.

    Boshqa yangiliklar