AsosiyJamiyat

Qisqa muddatli yomg`ir, momaqaldiroq, shamol...

'Qisqa muddatli yomg`ir, momaqaldiroq, shamol...'ning rasmi

Bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha havo bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida va Farg`ona vodiysi viloyatlarida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. 

Tog` oldi va tog`li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Momaqaldiroq paytida shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 32-37° gacha ko`tariladi.

Poytaxtimizda biroz qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo 32-34° gacha isiydi.

Tog` oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Momaqaldiroq paytida shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20-25° bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar