AsosiyJamiyat

Qarshida IIBga 100 million so`m miqdoridagi o`g`rilik holati yuzasidan yolg`on ma`lumot berildi

'Qarshida IIBga 100 million so`m miqdoridagi o`g`rilik holati yuzasidan yolg`on ma`lumot berildi'ning rasmi

IIVning xabar berishicha, Qarshi tumani Beshkent shaharchasida yashovchi Q.A. «102» qisqa raqamiga murojaat qilib, 2022 yil 17-20 iyun kunlari oralig`ida, noma`lum shaxs u ishlab keladigan Qarshi shahar «G`.G`ulom» mahallasida joylashgan MChJ binosiga g`ayriqonuniy ravishda kirib, 100.000.000 so`mdan ortiq pullarni o`g`irlab ketilganligini bildirgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida MChJ rahbari Navoiy viloyatida yashovchi X.F.ning o`zi o`g`irlik haqida xabar berishlikni korxona ishchisiga buyurgan. 

Odamlarda o`g`irlik sodir bo`lgandek tasavvur hosil qilish maqsadida o`zi bilan birga olib kelgan temir bo`lagi bilan eshiklarni go`yoki buzilgandek ko`rsatishga uringanligi aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB TB tomonidan X.F. ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar