“Barselona” hujumchisi Lionel Messi Turkiyada yuz berayotgan to`ntarishlar sababli u erga tashrifini bekor qildi. Bu haqda Mirror nashri xabar bermoqda.
Argentinalik futbolchi Turkiyada “Barselona”ning sobiq hujumchisi Samuel Eto’O bilan xayriya o`yinida ishtirok etishi borasida muhokama uchun borishi ko`zda tutilgan edi. Shuningdek, kataloniyaliklarning boshqa bir futbolchisi – Andres Inesta ham Turkiyaga safarni bekor qildi.
Ayni damda “Barselona”ning sobiq futbochilari, hayriya o`yinida ishtirok etishga rozi bo`lgan Karles Puyol, Deku, Abidal va Eto’Oning o`zi Turkiyada bo`lib turibdi.