AsosiyJamiyat

Farg`onada kontrakt pulini arzonroq to`layman degan fuqarolar firibgarning tuzog`iga tushdi

'Farg`onada kontrakt pulini arzonroq to`layman degan fuqarolar firibgarning tuzog`iga tushdi'ning rasmi

IIV Axborot xizmatining xabar berishicha, 2021 yilning noyabr oyida Quva tumanida yashovchi fuqaro M.R. (ayol) jami 5 nafar fuqarolarga o`zini Farg`ona davlat universiteti marketing bo`limi xodimi deb tanishtirib, farzandlarini super kontrakt pullarini arzonlashtirib berishligini aytib, ulardan jami 45.000.000 va 500 AQSh dollari pullarini olib, firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritib, pullarni o`zining shaxsiy ehtiyojiga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan M.R.ga nisbatan Farg`ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo`lishini esdan chiqarmang.

Yuqorida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar