Kuni kecha O`zbekiston terma jamoasi hamda Rossiyaning “Krasnodar” jamoasi hujumchisi Odil Ahmedov qiz farzandli bo`lgani haqida xabar bergandik.
Shu kunning o`zida Odil Ahmedov “Krasnodar” safida o`rtoqlik o`yinida maydonga tushdi. Italiyaning “Udineze” klubiga qarshi kechgan o`yinda Ahmedov goli orqali jamoasini mag`lubiyatdan saqladi.
Uchrashuv 2:2 hisobida yakunlandi. Odil Ahmedov o`z golini dunyoga yangi kelgan farzandi uchun bag`ishlagan bo`lsa, ajab emas.