AsosiyJamiyat

Yaqin kunlarda o`zbek qovunlarining Pokistonga eksporti boshlanadi (video)

'Yaqin kunlarda o`zbek qovunlarining Pokistonga eksporti boshlanadi (video)'ning rasmi

Tez orada Pokistonga o`zbek qovunlari eksporti boshlanadi. Bu haqda yaqinda Afg`oniston hududi orqali Pokistonga o`zbek haydovchilari bilan yuk tashuvlarini amalga oshirgan korxona rahbari Faxriddin Nabiev ma`lum qildi, deya yozmoqda O`zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati.

Ta`kidlanishicha, daslabki bosqichda korxona tomonidan Sirdaryoda etishtirilgan 40 tonnaga yaqin qovun mahsulotlari Pokiston bozoriga etkazib beriladi.  

Yil yakuniga qadar esa Pokiston Islom Respublikasiga 2500 tonna xo`l va quruq meva eksportini amalga oshirish rejalashtirilgan.

Ma`lum qilinishicha, ushbu korxona ishchilari bo`lgan Dilmurod Normatov va Oybek Begmatovlar “Toshkent – Termiz – Mozori-Sharif – Kobul – Peshovar – Karachi” yo`nalishida yuk tashuvlarini amalga oshirgan ilk o`zbek haydovchilari bo`ladi

    Boshqa yangiliklar