AsosiyJamiyat

Dam olish kunlari O`zbekistonga issiq va quruq havo kirib keladi — "O`zgidromet"

'Dam olish kunlari O`zbekistonga issiq va quruq havo kirib keladi — "O`zgidromet"'ning rasmi

"O`zgidromet" dam olish kunlari uchun ob-havo ma`lumotlarini e`lon qildi.

Ma`lum qilinishicha, ertadan boshlab O`zbekiston hududiga Turkmanistondan juda issiq va quruq havo kirib kelishi boshlanadi. Ertaga, 25 iyunda havo harorati kechasi 21-24°, kunduzi 36-39° atrofida, shimolda, janubda va cho`l hududlarda 42-44° gacha bo`ladi. Yakshanba kuni harorat foni kechasi 23-26° gacha, kunduzi 38-42° gacha, shimolda, janubda va cho`l hududlarda ba`zi joylarda 43-45° gacha ko`tariladi.

"Ayrim tog`li hududlarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin, ba`zi joylarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin",-deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar